O‘zbekiston Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 17-apreldagi qo‘shma qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga bojsiz olib olib kirishning me’yoriy normalariga o‘zgartishlar kiritildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”. 21-aprel kuni Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan o‘zgartishlar 27-apreldan kuchga kirgan.
Hujjatga qo‘shilgan yangi normaga binoan, O‘zbekiston hududidagi jismoniy shaxslar nomiga chegaradosh bo‘lmagan davlatlar hududidan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali umumiy ekvivalent qiymati 1000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan tovarlar bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.
Ko‘rsatilgan me’yoriy norma tovarlar 52100 (pochta aloqasi) va 52200 (kuryerlik aloqasi) kodi berilgan pochta xizmatlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar orqali kelgandagina amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Davlat bojxona qo‘mitasi kuryerlik jo‘natmalari uchun qonunchilikda imtiyozlar belgilanmagani bois ulardan bojxona to‘lovlari olinishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)