Men Apparel.uz internet-do‘koninig asoschisi va rahbari Farrux Usmanovman. Hozir sizlarga o‘z biznesim qisqa vaqt ichida muvaffaqiyatga erishishida yordam bergan omil haqida so‘zlab bermoqchiman.
Bir yilcha oldin menda turli mavzulardagi suratlar tushirilgan paxtadan tayyorlanadigan futbolkalar ishlab chiqarish g‘oyasi tug‘ildi. Uskuna, materiallarni sotib oldim, dizaynermizda esa bo‘lajak mahsulotning bir nechta eskizlari tayyor edi.
Oldimda mahsulotni sotish masalasi turardi. Hamkasblar bilan kelishib, e’lonlar saytlariga murojaat qilishdan ko‘ra, o‘z saytimizni yaratishga qaror qildik. Tez orada men bu masalada ma’lum to‘lov evaziga yordam berishi mumkin bo‘lgan mutaxassislarni topdim. Birgalikda sayt yaratishga kirishdik. Sayt yaratishda uncha ko‘p narsani tushunmaydigan mendek odam uchun bu juda qiyin ish bo‘lib tuyuldi. Biroq, yakunda mening Apparel.uz nomli saytim yaratildi.
Menga saytni topshirishgandan keyingina uni yaratish ishning faqat yarmi ekanligini tushundim. Saytni har kuni boshqarib borish kerak edi. Yigitlar to‘lov evaziga buni qilishga tayyor edi, biroq byudjetimizda faqatgina saytni yaratish uchun mablag‘ ajratilgani tufayli bu og‘ir edi. Men saytni o‘zim boshqaraman deb o‘ylagandim, lekin saytga mahsulotlar, yangiliklar va maqolalarni joylashtirish uchun nima qilish kerakligini ko‘rsatishganda, bu menga juda murakkab tuyuldi. Bulardan tashqari, xosting uchun ham pul to‘lashim kerak edi. To‘g‘risini aytsam, nima qilishni bilmay qolgandim.
Bir kuni do‘stlarim bilan kafeda o‘tirganimizda ulardan biri o‘ziga butun boshli veb-saytni bir-ikki soat ichida yaratganini, buning uchun bir so‘m ham sarflamaganini aytib qoldi. O‘zim uchun sayt yaratishda qatnashgan kishi sifatida bunday bo‘lishi mumkin emasligini aytib, e’tiroz bildira boshladim. U esa gaplarining tasdig‘i sifatida planshetida o‘sha yaratilgan saytni ko‘rsatdi. Mening diqqatimni saytning pastki qismidagi “Sayt Glotr.uz platformasida yaratilgan” degan jumla o‘ziga tortdi.
Bu qanday resurs ekanligiga juda qiziqib qoldim va o‘sha kuniyoq shu saytga kirsam, izlagan narsam meni kutib turgan ekan. Bu – mustaqil ravishda sayt yaratish edi. Meni o‘ziga tortgan asosiy jihatlar – oddiylik va samaradorlik edi. Shunchalik kirishib ketdimki, o‘zim bir-ikki soat ichida butun boshli sayt yaratdim.
Bu men uchun haqiqiy huzur edi. Birinchidan, men nihoyat o‘z talablarimga javob beradigan saytni topgandim. Ikkinchidan, saytni o‘zim mustaqil ravishda yaratdim, bungacha dasturchi va veb-dizaynerning yordami kerak bo‘lgandi. Uchinchidan, bu xorij sayti emas, o‘zimizning resurs edi: ularning ofisiga borib, bir piyola choy ustida dizayn va hattoki marketing yuzasidan amaliy maslahatlar olish mumkin, xullas o‘zimiznikilar.
Ertasiga menga sayt yaratib bergan veb-dizaynerlar bilan bog‘lanib, Glotr.uz haqida gapirib berdim. Ular o‘z navbatida asossiz tanqidlarni yog‘dira boshladi (kim ham mijozni qo‘yib yuborgisi keladi), biroq men baribir xostingni Glotr.uz’ga ko‘chirtirdim.
Mana, bir yildan ko‘proq vaqtdan buyon Glotr.uz resursi bilan yaqin hamkorlik qilaman. Taqqoslash uchun, Joomla singari konstruktor saytlarida mahsulotning yangi pozitsiyasini joylashtirish uchun 15−20 daqiqa vaqt ketadi, Glotr.uz’da esa bunga ikki daqiqa kifoya. Yosh kompaniyamizda men ko‘p vazifalarni bajarishimni inobatga olsak, bu farq ancha katta. Bundan tashqari, mening saytim Glotr.uz’ning mahsulot va xizmatlar katalogi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, saytimga yuklangan har bir mahsulotim Glotr.uz katalogining tegishli kategoriyasida avtomatik tarzda paydo bo‘ladi. Resurs bilan doimo aloqada bo‘lish mumkin. Har qanday muammo qo‘ng‘iroqdan keyin qisqa muddat ichida tezkorlik bilan hal etiladi. Eng asosiysi – bu o‘z mahsuloti yoki xizmatini internet orqali jahon bozoriga mustaqil ravishda olib chiqish uchun haqiqiy imkoniyat.
[divide style="2"]
Glotr.uz haqida
Glotr.uz o‘ziga xos yagona internet savdo markazi bo‘lib, u yerda istalgan foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida mahsulot sotishi va sotib olishi mumkin. 2012-yilda ishga tushirilgan loyihada hozirda 5000 dan ortiq kompaniya va 90 mingdan ortiq taklif qatnashmoqda.Tadbirkor Glotr.uz platformasida o‘zi mustaqil ravishda bir necha daqiqa ichida sayt yaratishi mumkin va buning uchun hech qanday to‘lovni amalga oshirishga hojat yo‘q. Internet-do‘konga qo‘yilgan har bir mahsulot avtomatik ravishda Glotr.uz katalogida ham paydo bo‘ladi va bu tashrifchilar soni oshishiga yordam beradi.
Batafsil ma’lumot
Glotr.uz haqida batafsil ma’lumot bilan Glotr.uz saytidan yoki (+998-71) 150-67-76 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib olishingiz mumkin.Reklama huquqi asosida
Izoh (0)