Rossiya federal kosmik dasturining yangi loyihasiga binoan, 2029-yilda fazogirlarni Yerning tabiiy yo‘ldoshi bo‘lmish Oyga qo‘ndirish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Hujjatga ko‘ra, 2025-yilga Oy va uning orbitasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib boriladi, uning yuzasiga avtomatik kosmik apparatlar qo‘ndiriladi, Oyda avtomatik baza va orbital stansiya qurishga tayyorlanish bo‘yicha ishlar boshlangan.
“Roskosmos” rahbari Igor Komarovning ta’kidlashicha, Rossiya 2016-yildan 2025-yilgacha fazoga 181 ta kosmik apparat uchirishni rejalashtirgan. Shu tariqa Rossiyaning koinotdagi guruhlari ikki martadan ko‘proqqa oshadi.
Izoh (0)