Rossiyaning Sankt-Peterburg ko‘chalaridagi asfaltda “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining dileriga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan reklama paydo bo‘ldi. Bu haqda RedPen nashrining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilingan.

Foto: Facebook / RedPen

Foto: Facebook / RedPen

Reklamada o‘zbek tilida “Uyga ketmoqchimisan? Unda ‘O‘zbekiston havo yo‘llari’ bilan uch” degan so‘zlar va kompaniya telefon raqami keltirilgan.

Ushbu reklama “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining dileri tomonidan tayyorlanganini va Sankt-Peterburgdagi o‘zbekistonliklarga mo‘ljallanganini taxmin qilish mumkin.