Fransiya senati internetdagi raqobatni qo‘llab-quvvatlovchi qonunlarni qabul qildi, deya xabar bermoqda Techcrunch. Ulardan biri barcha qidiruv tizimlariga natijalarni tartiblash algoritmini fosh qilish majburiyatini yuklaydi.
Yangi qoidalar birinchi navbatda Google ishida aks etadi, chunki fransiyalik foydalanuvchilarning qidiruv so‘rovlarining 90 foizi ushbu sayt orqali beriladi.
Natijalarni tartiblash algoritmlari qidiruv mashinalarining eng katta siridir. Ko‘plab kompaniyalar qidiruv tizimlarida o‘z o‘rinlarini yaxshilab, internetdagi auditoriyasi hajmini oshirish uchun ushbu sirning tagiga yetishga intiladi.
Izoh (0)