Germaniyaning Baden-Vyurtemberg viloyatidagi Ottenxefen shahri atrofida harakatlanuvchi poyezd temir yo‘l o‘tish joyida yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Natijada avtomobil ichida bo‘lgan 15 yoshli qiz halok bo‘lgan. Halokat chog‘ida mashinada bo‘lgan uning 14 va 17 yoshli opa-singillari hamda avtomobilni boshqarib kelayotgan onasi shifoxonaga yotqizilgan.
Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, mashinani boshqarib kelayotgan ayol poyezd kelayotganini ko‘rmay qolgan va nazorat qilinmaydigan temir yo‘l o‘tish joyidan o‘tayotganda halokat yuz bergan.
Izoh (0)