Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoy Taypeyida taekvondo WTF bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar hamda parataekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda, deb xabar berdi “Olamsport”.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

Kadetlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada yoshlarimiz yana 4 ta medalga ega bo‘lishdi. -41 kg vazn toifasida dayanga chiqqan hamyurtimiz Madina Mannopova kumush medal bilan taqdirlandi. Aynan shu vaznda ishtirok etgan vakilimiz Bekzod Ibragimov, shuningdek, -33 kg vaznda Jasurbek Zokirov hamda -45 kilo vaznda Abdulla Shomurodov bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatining o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarida hamyurtlarimizdan 68 kg vazn toifasida dayanga chiqqan Nigora Tursunqulova kumush, 63 kg vazn toifasida ishtirok etgan Pan Vlada, 73 kg vazndagi Shahboz Shofayziyev hamda 78 kg vaznda yurtimiz sport sharafini himoya qilgan Sayidolim Nu’monov bronza medaliga sazovor bo‘lishgan edi. Demak, hozircha terma jamoamiz hisobida 2 ta kumush, 7 ta bronza medali bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi