O‘zbekiston hukumati o‘z qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati (YaAQQX) to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Hujjatda ta’kidlanishicha, YaAQQX ofatga yo‘liqqan havo kemalarini qidirish va qutqarishni tashkil qilish, shuningdek favqulodda holat yuzaga kelganida qutqaruv ishlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan.
YaAQQX oldiga idoralar qidiruv-qutqaruv xizmatlari kecha-kunduz navbatchilik qilishini tashkillashtirish va ta’minlash, tegishli xizmat va idoralarni O‘zbekiston hududida ofatga yo‘liqqan havo kemalari haqida xabardor qilish, ofatga uchragan havo kemasi bilan axborot almashinish kabi bir qator vazifalar qo‘yildi.
Izoh (0)