1996-yilda Ispaniya Superkubogida “Atetiko”ni mag‘lubiyatga uchratgan “Barselona” asosiy tarkibida maydonga tushgan futbolchilardan to‘rt nafari bugun bo‘lib o‘tadigan Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalida o‘ynaydigan to‘rtala jamoaning bosh murabbiyi hisoblanadi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.
O‘sha tarkibda “Pari Sen-Jermen” bosh murabbiyi Loran Blan, “Barselona” ustozi Luis Enrike, “Portu” bosh murabbiyi Xuan Lopetegi hamda “Bavariya” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola to‘p surgan.
Izoh (0)