Polshaning Lodz shahrida mamlakat prezidenti Bronislav Komorovskiy o‘tirgan retro-tramvay o‘z relsidan chiqib ketdi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Komorovskiy Lodzga o‘zining saylovoldi kampaniyasini o‘tkazish uchun borgan. Tashrif chog‘ida u Markaziy tekstil muzeyiga borgan, shahar meri Xanna Jdanovska va mahalliy aholi vakillari bilan muloqotda bo‘lgan, eski tramvayda sayr qilgan.
Tramvay sekin harakatlangani bois hech kimga zarar yetmagan. Komorovskiy ushbu hodisaga hazilomuz munosabatda bo‘lgan. “Agar bu voqea ba’zilar bilan sodir bo‘lganida, buni provokatsiya deb atagan bo‘lishardi”, − dedi prezident.
Izoh (0)