O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015-yil 14-apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftagidan 5,71 so‘mga oshib, 2501,87 so‘mni, 1 yevro o‘tgan haftagidan 32,99 so‘mga oshib, 2739,95 so‘mni, 1 Rossiya rubli o‘tgan haftagidan 5,01 so‘mga oshib, 48,99 so‘mni tashkil etadi.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh (0)