Boku−London yo‘nalishida reys amalga oshirayotgan British Airways aviakompaniyasining samolyoti Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportga qaytishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Samolyot havoga ko‘tarilishidan 11 daqiqa o‘tib kapitan dvigatellardan biri yonayotgani haqida xabar bergan. Natijada samolyotni aeroportga favqulodda qayta qo‘ndirish haqida qaror qabul qilingan.
Samolyot bortida 92 kishi bo‘lgan, biroq yo‘lovchilarga ham, ekipaj a’zolariga ham hech qanday zarar yetmagan. Samolyot yaqin orada ta’mirdan o‘tkazilishi ma’lum qilingan.
Izoh (0)