Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sichqonlar ustida olib borilgan tajribalar sochlarni sug‘urib olish soch qoplamasi o‘sishiga turtki bo‘lishini ko‘rsatdi, deb yozadi The Guardian. Gap shundaki, bundan zarar ko‘rgan follikulalar qo‘shnilariga avariya signallarini yuboradi, natijada immun tizimidan kuchli javob keladi.

Foto: theguardian.com

Foto: theguardian.com

Amerikalik olimlar zarar ko‘rgan soch ildizlari falokat signalini maxsus oqsillarni ishlab chiqargan holda yuborishini, ular jarohat joyida immun hujayralari paydo bo‘lishiga turtki bo‘lishini aniqladi. Ushbu hujayralar esa qo‘shni follikulalarga soch o‘sishini ishga tushirish vaqti kelganini bildiradi.

Avariya signali kuchiga sug‘urib olinadigan sochlarning bir-biriga nisbatan tutgan o‘rni ta’sir qiladi. Masalan, tajriba sichqonlari orqasidan turli nuqtalarda joylashgan 200 ta follikulani birin-ketin uzib ko‘rishganida sochlar qayta o‘sib chiqmagan. Biroq doira shaklidagi hududlardan (diametri 3—5 millimetr) follikulalar sug‘urib olinganida esa 450 dan 1300 tagacha bo‘lgan soch tolalari o‘sib chiqqan.

Endi olingan natijalarni odamlarda sinab ko‘rish qoldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?