Toshkentdagi muhtasham “O‘zbekiston” sport saroyi hamda Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar respublika ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari sport maktabi majmuasi mezbonlik qilayotgan o‘smirlar (17 yoshgacha) va yoshlar (20 yoshgacha) o‘rtasidagi jahon chempionatida navbatdagi g‘olib va sovrindorlar ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Kecha yoshlar o‘rtasidagi musobaqalar doirasida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha jamoaviy bahslar o‘tkazildi. Ayollar o‘rtasidagi jamoaviy rapira bahslarida terma jamoamiz qizlari so‘nggi o‘rinni egallashdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi jamoaviy shpaga musobaqasida terma jamoamiz yigitlari 35 ishtirokchi davlat orasida 31-natijani qayd etishdi. Quyida ana shu natijalar bilan tanishing:
Jahon chempionati. Toshkent (O‘zbekiston), 8-aprel kungi natijalar
Rapira. Ayollar. Jamoaviy bahslar (22 ishtirokchi jamoa)
- 3-o‘rin uchun bahs. Polsha – Rossiya – 45:41
- Final. Italiya – AQSh – 37:36
- 3-o‘rin uchun bahs. Vengriya – Ispaniya – 45:36
- Final. Germaniya – Fransiya – 45:36
- 3-o‘rin uchun bahs. Vengriya – Fransiya – 45:42
- Final. Italiya – Rossiya – 45:41
Izoh (0)