“O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi 2020-yilgacha har birining quvvati 100 Megavattdan bo‘lgan uchta quyosh elektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
“Bizda bitta loyiha ishga tushirilgan, yana ikkita quyosh stansiyasi qurilishi loyihasi ishlab chiqilmoqda. 2016-yilda ularning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlaymiz”, − dedi kompaniya vakili.
“O‘zbekenergo” quvvati 100 MVt bo‘lgan, yiliga 200 million Kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan Markaziy Osiyoda birinchi quyosh stansiyasini Samarqand viloyatida qurish bo‘yicha tenderni 2014-yil oktabrida e’lon qilgan edi. Tanlov yakunlari 2015-yil aprel-may oylarida e’lon qilinadi. Yana ikki quyosh elektr stansiyasini Namangan va Surxondaryo viloyatlarida qurish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)