Pokistonning Charsadda shahrida 25 yoshli Ahmad Shoh o‘zining qarindoshi bo‘lgan sobiq qaylig‘i va uning oila a’zolarini o‘ldirdi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Erkak qizning o‘zini, ota-onasini va yetti nafar aka-uka, opa-singillarini o‘ldirgan. Ulardan ikki nafari yosh bolalar bo‘lgan. Qayd etilishicha, ushbu qotillik qiz qarindoshiga turmushga chiqishdan bosh tortgach sodir etilgan.
Hozirda Ahmad Shoh politsiyadan qochib yuribdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi AK-47 avtomati bilan qurollangan. Ma’lum qilinishicha, yarim yil oldin Ahmad Shoh o‘z ota-onasi va ikki nafar akasini qalin puli to‘lashni istamagani uchun o‘ldirgan.
Izoh (0)