Xitoyning Shanxay shahrida o‘tkazilgan figurali uchish bo‘yicha Jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘zbekistonlik gimnastikachi Misha Ge erkin dasturda 7-o‘rinni egalladi. Ikki dastur yakunlariga ko‘ra esa kuchli oltilikdan joy oldi.
Ispaniyalik Xavyer Fernandes esa Jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bir kun avval qisqa dasturda chempion bo‘lgan yaponiyalik Olimpiada chempioni Yudzuru Xanyu kumush medalga sazovor bo‘ldi. Qozog‘istonlik Denis Ten esa bronza medali bilan taqdirlandi.
Izoh (0)