“Toshkent shahridagi saylov uchastkalarida bo‘lib, saylov jarayonlarini diqqat bilan kuzatdik. Saylovchilarning ovoz berish jarayonida faol ishtirok etayotgani meni quvontirdi”, – deya Vena parlamenti prezidenti Yoxann Xersogning so‘zlaridan iqtibos keltirdi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
“Nomzodlarning saylovoldi tashviqot ishlarini ham kuzatdik. Prezidentlikka nomzodlar o‘rtasida sog‘lom raqobat yaqqol sezilib turdi.
Shunga amin bo‘ldimki, fuqarolar saylov qonunchiligidan, Prezidentlikka nomzodlar haqidagi ma’lumotlardan yaxshi xabardor. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining demokratik, ochiqlik hamda oshkoralik tamoyillariga muvofiq o‘tishi va saylovchilarning o‘zlariga munosib nomzodni tanlashlariga keng imkoniyat yaratadi.
O‘zbekiston demokratik taraqqiyot yo‘lidan dadil bormoqda. Bu xalqingizning tobora yuksalib borayotgan farovonligida, fuqarolarning saylovda o‘z xohish-irodasini emin-erkin va mamnuniyat bilan ado etayotganida ham yaqqol ko‘rinib turibdi”.
Izoh (0)