Fransiya janubida halokatga uchragan Airbus A320 samolyoti bortida bo‘lgan uch nafar qozog‘istonlik aslida boshqa reys bilan − Frankfurt orqali qaytishi kerak bo‘lgan, ular chiptani oxirgi daqiqalardagina almashtirgan, deb xabar bermoqda “Tengrinews.kz”.
Qayd etilishicha, Yerbol Imankulov rafiqasi Ayjan Isengaliyeva va o‘g‘li Odil bilan ta’tilni Yevropada o‘tkazish uchun yo‘l olgan. Ota va o‘g‘il futbolga juda qiziqqani tufayli “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi o‘yinni ko‘rish uchun Ispaniyaga borishgan. Imankulovlarning 14 yoshli qizi Diana esa viza bilan bog‘liq muammo tufayli oilasi bilan Yevropaga ucha olmagan.
Eslatib o‘tamiz, 24-mart kuni Fransiya janubida Barselonadan Dyusseldorfga parvoz qilayotgan Germanwings aviakompaniyasining Airbus A320 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida layner bortidagi 150 kishining hammasi halok bo‘lgan edi. Hozirda uchuvchi samolyotni atayin qulatgani yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Izoh (0)