“Lokomotiv” bosh murabbiyi Vadim Abramov shifoxonadan chiqib, yana ishga qaytdi va bugun, 27-mart kuni asosiy tarkib bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. Vadim Karlenovich o‘zini yaxshi his qilyapti va sog‘ligi joyida, deb xabar beradi klubning rasmiy sayti.
Bugun “Lokomotiv”ning asosiy tarkibi “Lokomotiv” stadionida mashg‘ulot olib bordi. Mashg‘ulotda quyidagi futbolchilar ishtirok etdi: Damir Koyashevich, Ignatiy Nesterov, Bobur Tillaboyev, Marat Bikmayev, Temur Kapadze, Oleg Zoteyev, Nemanya Yanichich, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Jasur Hasanov (katta), Jasur Hasanov (kichik), Dilshod Rahmatullayev, Ma’mur Ikromov, Sanjar Shoahmedov, Salim Mustafoyev, Ikrom Aliboyev.
“Lokomotiv”dan to‘rt nafar futbolchi – Islom To‘xtaxo‘jayev, Shavkat Mullajonov, Lutfulla To‘rayev va Sardor Mirzayev O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan. Shuningdek, uch nafar o‘yinchi – Bobur Yo‘ldoshev, Alisher Shog‘ulomov va Abror Karimov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan Bangladeshga jo‘nab ketgan.
“Lokomotiv” ertaga, 28-mart kuni “Mash’al”ga qarshi nazorat bahsini o‘tkazadi. O‘yin soat 11:00 da boshlanadi.
Izoh (0)