Yaponiya “Kogaku-5” deb nomlangan josus yo‘ldoshni uchirdi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta” JAXA aerokosmik agentligiga tayanib. Jarayon silliq kechgan va sun’iy yo‘ldosh rejali rejimda orbitaga chiqqan.
H-2A eltuvchi raketasi mamlakat janubi-g‘arbidagi Tanegasima kosmik markazi hududidan havoga ko‘tarilgan.
Taxmin qilinishicha, “Kogaku-5” o‘zidan avvalgi “Kogaku-3” o‘rnini egallaydi. Ushbu josus yo‘ldosh bundan olti yil oldin orbitaga chiqarilgan edi.
Izoh (0)