23-mart, dushanba kuni Peruda bir nechta avtobus va yuk mashinasi ishtirokida bo‘lib o‘tgan yo‘l-transport hodisasi qurbonlari soni 37 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “TASS” mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib. 70 dan oshiq kishi jarohat oldi.
Uchta yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan Uarmey shahri yaqinidagi gavjum trassada to‘qnashib ketdi. Tergovning dastlabki versiyasiga ko‘ra, “Murga Serrano” kompaniyasiga tegishli avtobus yo‘lning qarama-qarshi harakat qismiga o‘tib ketgan hamda yuk mashinasi va ikkita boshqa avtobus bilan to‘qnashgan
Izoh (0)