21-mart, shanba kuni Xitoy aviakompaniyasi samolyoti Shanxaydan Pekinga dunyoda birinchi marta yarmi o‘simlik yog‘idan qilingan yoqilg‘ida tijorat parvozini amalga oshirdi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Boing-737” ushbu reysda qo‘llagan yoqilg‘i teng miqdorda standart reaktiv uglevodorod yoqilg‘isi va o‘simlik yog‘idan yaratilgan bioyoqilg‘i qo‘shib tayyorlangan.
Mazkur bioyoqilg‘i Kanada va Avstraliya samolyotlarining sinov parvozlarida qo‘llanilgan, biroq “Boing” kompaniyasi vakili so‘zlariga ko‘ra, Xitoy samolyotining parvozi bunday yoqilg‘ida amalga oshirilgan ilk tijorat parvozi bo‘lganini ta’kidladi.
Izoh (0)