AQSh Kongressining Vakillar palatasi prezident Barak Obamaga Ukrainaga qurol yetkazib berish tavsiya qilingan rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Tavsiyaviy xarakterga ega hujjat qabul qilinishini yoqlab 348 nafar deputat ovoz bergan, 48 nafari esa qarshi chiqqan. Rezolyutsiyada prezident Kongress tomonidan taqdim etilgan vakolatdan foydalanib Ukrainaga qurol yetkazib berishga chaqirilgan.
Hujjat mualliflarinig fikricha, bu Ukraina xalqining o‘z suverenitetini himoya qilish imkoniyatlarini oshiradi. Rezolyutsiyada qayd etilishicha, mustaqil, demokratik va rivojlanayotgan Ukraina AQShning milliy manfaatlariga mos keladi.
Izoh (0)