Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kelib chiqishi arab bo‘lgan saylovchilardan o‘zining saylovoldi gaplari uchun uzr so‘radi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Bilaman, bir necha kun oldin aytgan gaplarim isroillik arablar his-tuyg‘ularini haqorat qildi”, — deydi Netanyaxu 23-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan videolavhada. “Buning uchun afsusdaman”, — deya qo‘shimcha qildi bosh vazir va so‘zlari bilan hech kimga ozor yetkazishni istamaganini ta’kidladi.
Izoh (0)