2015-yil 18-mart kuni noma’lum shaxs Xorazm viloyatining Urganch shahri Xiva shoh ko‘chasida joylashgan “Xorazm sharob savdo” korxonasiga qarashli do‘konga deraza oynasini sindirib kirdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, bosqinchi u yerdan Samsung rusumli televizor va spirtli ichimliklarni o‘g‘irlab ketgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanib, Xiva tumanida yashovchi 21-22 yoshli ikki shaxs qo‘lga olindi.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)