Barak Obamaning reytingi kinolardagi AQSh prezidentlari reytinglaridan ancha past ekanligi aniqlandi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta” Ipsos ijtimoiy xizmatiga tayanib.
So‘rov doirasida amerikalik mashhur teleseriallar muxlislaridan ularga AQSh prezidentlaridan qaysi biri yoqishi so‘raldi. Tomoshabinlarning 89 foizi “24 soat” serialida aktyor Dennis Xeysbyort tomonidan gavdalantirilgan AQSh prezidenti Devid Palmerni ma’qulladi. AQShning haqiqiy prezidentini esa bundan ikki marta kam kishi — so‘ralganlarning 46 foizi ma’qullaydi xolos.
Bundan tashqari, “G‘arbiy qanot”, ““Galaktika” yulduz kreyseri”, “Qartali uy” seriallaridagi to‘qima AQSh prezidentlari ham Obamani reytingda ortda qoldirdi.
Izoh (0)