Rus tilining Qirg‘iziston Konstitutsiyasidagi rasmiy til maqomini bekor qilish taklif etildi. Bu haqda Davlat tili bo‘yicha milliy komissiya rahbari Egemberdi Ermatov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “24.kg”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Qirg‘izistonda 2020-yilgacha Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha moratoriy amal qilmoqda. Biroq ko‘plab olimlar til siyosatiga o‘zgartirish kiritib, rus tilidan rasmiy til maoqmini olib tashlashni talab qilyapti.
Ermatovning ta’kidlashicha, davlat organlariga rus tilining rasmiy maqomini bahona qilib davlat hujjatlarini qirg‘iz tilida yuritmayapti. Shunga qaramay, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Madaniyat vazirliklari hujjatlarni davlat tiliga o‘tkazishga ulgurgan.
Izoh (0)