O‘zbekistonda GMP (Zarur ishlab chiqarish amaliyoti) Xalqaro standartlar markazi tashkil etiladi, deb xabar bermoqda UzDaily.
O‘zbekistonda GMP xalqaro standartlarini sertifikatlashtirish markazini tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi shartnoma “O‘zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi Mirzanazim Do‘smurotov va ICS Group boshqaruv raisi tomonidan imzolandi.
O‘zbekistonda markazning tashkil etilishi farmatsevtika sohasi korxonalariga GMP xalqaro standartlarini joriy qilish masalalari yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatishi qayd etilgan.
Izoh (0)