23-mart kuni “Emari” aviabazasida Estoniya va AQSh harbiy havo kuchlari qo‘shma yig‘inlarining faol bosqichi boshlandi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
AQShning 14 ta F-16 qiruvchi samolyoti ishtirokida bo‘ladigan yig‘inlarda Estoniyaning yangi tarixida ilk marta yerdagi nishonlarni havodan yo‘q qilish manyovrlari amalga oshiriladi. Bunda bir samolyot mo‘ljalni aniqlasa, ikkinchisi uni yo‘q qilish uchun bomba tashlaydi.AQSh samolyotlari bir joyda ko‘p shovqin solmaslik va imkoni boricha ko‘proq estoniyaliklarga samolyotlarni ko‘rish imkonini berish uchun parvozlar yo‘nalishini tez-tez o‘zgartirib turadi. 17-aprelgacha davom etadigan yig‘inlarda Finlandiya va Shvetsiya ham qo‘shiladi, biroq ularning samolyotlari o‘z mamlakatlari havo hududidan tashqariga chiqmaydi.
Izoh (0)