Ispaniya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Real” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Uchrashuvdagi hisobni “Barsa” ochdi. Matye Messining ajoyib uzatmasidan so‘ng boshi bilan Madrid klubi darvozasini aniq nishonga oldi.
Oradan ko‘p o‘tmay, “Real” javob golini kiritishga erishdi. Bu golda Benzemaning to‘p uzatishini alohida e’tirof etish joiz. U tovonlari bilan to‘pni Ronalduga yetkazdi va Krishtianu Bravo qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol etdi.
Ikkinchi bo‘limda esa “Barselona” yaqqol ustunlik qildi va buni hisobda ham aks ettira oldi. Dani Alvesning zargarona uzatmasini Luis Suares o‘ziga o‘nglab, Kasilyas darvozasining o‘ng burchagiga aniq yo‘lladi.
Uchrashuvda ana shu hisob o‘zgarmay qoldi va “Barselona” musobaqadagi peshqadamligini yanada mustahkamlab olishga erishdi.
“Barselona” – “Real Madrid” 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 19 Mate, 1:1 – 31 Ronaldu, 2:1 – 56 Suares.
“Barselona” – Bravo, Mate, Pike, Alba, Dani Alves, Inesta (Xavi, 80), Maskerano, Rakitich (Buskets, 76), Messi, Neymar (Rafinya, 85), Suares.
“Real Madrid” – Kasilyas, Ramos, Karvaxal, Pepe (Varan, 73), Marselo, Isko (Xese, 80), Beyl, Kroos, Modrich (Lukas Silva, 88), Benzema, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Pepe (21), Suares (28), Alba (37), Ronaldu (37), Ramos (45), Karvaxal (48), Modrich (52), Maskerano (61), Isko (64), Inesta (65), Dani Alves (71).
Izoh (0)