Tojikiston Davlat moliya nazorati va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha agentligi Din, an’ana va udumlarni tartibga solish ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Izzatullo Azizovni poraxo‘rlikda ayblab qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda “Aziya-Plyus” axborot agentligi.
Ushbu holat aks etgan videsyujet 18-mart kuni Tojikistonning birinchi kanali orqali namoyish etilgan. Qo‘lga olingan amaldorga bir fuqarodan uni haj ziyoratiga jo‘natish uchun 2000 AQSh dollari miqdorida pora olish aybi qo‘yilmoqda. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 16-mart, dushanba kuni o‘zining katta o‘g‘li Rustam Emomalini Davlat moliya nazorati va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha agentlik direktori etib tayinlagan edi.
Izoh (0)