2015-yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida yurtimizga tashrif buyurgan AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi rahbarlari Boris Kandov va Nerri Yushvayev-Kavaliyerni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar doirasida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)