Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida davom etayotgan Osiyo chempionati guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvni o‘tkazdi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Bundan avvalgi 3 ta o‘yinda bir g‘alaba va ikki mag‘lubiyat qayd etgan O‘zbekistonning qo‘l to‘pi ustalari 19-mart kuni mezbon davlat terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi 73:6 hisobidagi yirik g‘alabani tantana qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatining guruh bosqichida avvaliga Xitoy terma jamoasiga 25:42, keyin esa qozog‘istonlik dugonalariga 23:40 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Uchinchi turga kelib, Gonkong terma jamoasi 35:16 hisobida mag‘lub etilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Osiyo qit’asi uchun jahon chempionatiga 3,5 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, sovrinli uchlikdan joy olgan terma jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCh-2015 yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Bronza medali uchun bahsda mag‘lub bo‘lgan terma jamoa esa pley-offda boshqa qit’a jamoasi bilan yo‘llanma taqdirini hal qiladi. Biroq O‘zbekiston terma jamoasi bu yo‘llanmalar uchun endi kurasha olmaydi.
Izoh (0)