AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen Navro‘z ayyomi munosabati bilan bayram tabrigini yo‘lladi. Bu haqda AQSh elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari hamda Toshkentda joylashgan AQSh elchixonasidagi hamkasblarim va do‘stlarim nomidan Navro‘z bayrami munosabati bilan barchangizga baxt-saodat tilayman. Ikki mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun birgalikda mehnat qilar ekanmiz, bahor nafasi kezayotgan shu kunlarda sizga tinchlik-osoyishtalik, mustahkam sog‘lik va omad tilab qolaman. Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin!”, − deyiladi tabrikda.
Quyida ushbu tabrik so‘zlari aks etgan videoyozuv ilova qilngan.
https://www.youtube.com/watch?v=j2Dxhtj9vjE
Izoh (0)