“Paxtakor” – “Al Ayn” uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Muhammad Abdulrahmonning aytishicha, uning jamoasi o‘yinni ataylab cho‘zishga qarshi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Biz katta jamoaga qarshi katta o‘yin o‘tkazdik va g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik. O‘yin juda qiyin kechdi, biroq biz uchun eng muhimi – uch ochko qo‘lga kiritilganidir. Bu bilan muxlislarni tabriklayman va ‘Paxtakor’ga keyingi o‘yinlarda omad tilayman.
‘Al Ayn’ katta nufuzga ega jamoa hisoblanadi. Shu bois ataylab o‘yin vaqtini cho‘zishni o‘zimizga ep ko‘rmaymiz. O‘z navbatida, ‘Paxtakor’ ham mardonavor o‘yin ko‘rsatishini bilamiz”, – dedi arab futbolchisi.
Izoh (0)