Toshkent shahridagi “Universal jamping” ot sporti klubida Navro‘z bayramiga bag‘ishlab yoshlar o‘rtasida ot sporti bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Unda 60 nafardan ziyod chavandoz konkur – to‘siqlardan ot sakratish bo‘yicha g‘oliblik uchun bahslashdi.
Balandligi 110 santimetrlik to‘siqlarni zabt etishda Abdushukur Sobirjonov “Tayson” laqabli tulpori bilan birinchi o‘rinni egalladi. Tajribali chavandoz Farrux O‘rinboyev “Sharlotta” laqabli otida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ulug‘bek Olimjonov “Navro‘z – 05” laqabli tulpori bilan bronza medalga loyiq topildi.
Izoh (0)