2015-yilning 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yevropa tashqi faoliyat xizmatining Toshkent shahriga kelgan adminstrativ va moliyaviy masalalar bo‘yicha boshqaruvchi direktori Patrik Entoni Chayld bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalar ko‘rib chiqildi, hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama munosabatlarni institutsionallashtirish masalalariga hamda turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvaliga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa mavzular ham muhokama qilindi.
Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi boshlig‘i, elchi Yuriy Shterk ishtirok etdi.
Izoh (0)