Facebook kompaniyasi o‘z to‘lov tizimi ishga tushirilishi haqida e’lon qildi, deya xabar bermoqda “TASS”. U to‘lovlarni Messenger dasturi orqali amalga oshirish imkonini beradi.
“Biz Messenger’ga bugun yangi funksiyani qo‘shmoqdamiz, u tanishlar orasida qulay va xavfsiz shaklda pul o‘tkamzalarini yuborish va qabul qilish imkoniyatini taqdim etadi, — deyiladi kompaniya xabarida. — Ushbu xizmat yaqin oylar ichida AQSh hududida ishlay boshlaydi”.
Hisob-kitoblar debet bank plastik kartochkalari orqali amalga oshiriladi. Tranzaksiyani o‘tkazish matnli xabar yuborishdek oson bo‘ladi.
Izoh (0)