Chevrolet kompaniyasi taqdimoti 16-may kuni Detroytda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Camaro sportkari oltinchi avlodining sakkiz slindrli dvigateli qanday ovoz chiqarishini tinglash imkoniyatini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”.
https://www.youtube.com/watch?v=oPsj-8Xke3M
Yanvar oyida chiqarilgan ba’zi tafsilotlarga ko‘ra, modelning dizayni deyarli o‘zgarmasligi ma’lum bo‘lgan. Hozirgi sportkarning tashqi ko‘rinishi mijozlarga yoqqani uchun, dizaynning umumiy konsepsiyasi saqlab qolingan. Eng katta o‘zgarish yoritgichlar va radiator panjarasida kuzatilishi mumkin.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi Chevrolet Camaro Cadillac ATS va CTS modellarida foydalanilgan Alpha orqa uzatgichli shassisi ustida quriladi. Ikki litrli dvigatel 276 ot kuchiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)