Toshkent shahrining Bektemir tumani Ichki ishlar boshqarmasiga 24 yoshli yigit o‘zi jabr ko‘rgan hodisa yuzasidan ariza bilan murojaat qildi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, avtoturargohda uning oldiga noma’lum kishi kelib, unga g‘alati ovozda gapira boshlaydi va bundan jabrlanuvchi o‘zini go‘yo gipnoz holatida his qilib, 3 million so‘m pulini berib yuboradi.
Jabrlanuvchi va guvohlar bergan ko‘rsatmalarga binoan gumonlanuvchining fotoroboti chizildi va tez orada uning shaxsi aniqlandi: shu yuzadan Toshkent viloyatida yashovchi 32 yoshli erkak qo‘lga olindi.
Izoh (0)