Toshkentda yunon-kurashi bo‘yicha 1995−1997-yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida aka-uka Ro‘ziqulovlar sovrini uchun xalqaro turnir yakunlandi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Sakkiz vazn toifasida o‘tkazilgan musobaqada qo‘shni Qozog‘iston va Tojikistondan ham iste’dodli kurashchilar ishtirok etishdi.
O‘z vazn toifalarida Nankin o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Ilhom Bahromov (50 kg), shuningdek, Javohir Mirahmedov (56 kg), Islom Bahromov (60 kg), Aram Vardanyan (66 kg), Jasur Abdurasulov (74 kg), Ermat Shermatov (84 kg), Shuhrat Umarov (96 kg) hamda Daler Rahmatov (120) g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilishdi.
Izoh (0)