Apple kompaniyasining hozirgi rahbari Tim Kuk 2009-yilda Stiv Jobsga o‘z jigarini berishni taklif qilgan. Bu haqda jurnalistlar Brent Shlender va Rim Tettseli tomonidan yozilgan “Stiv Jobs bo‘lish” kitobida so‘z yuritiladi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Qayd etilishicha, 2009-yil yanvarida Stiv Jobs jigar transplantatsiyasiga muhtoj bo‘lgan. Tim Kuk xuddi Jobsniki singari noyob qon guruhiga egaligini aniqlab, turli tekshiruvlardan o‘tgan va donor bo‘la olishi aniqlangan. Bu yangilikni Jobsga aytib, donor bo‘lish istagini bildirgan, biroq u rad etgan.
Kukning aytishicha, Jobsning javobi o‘ta qat’iy bo‘lgan. “13 yil davomida u menga to‘rt yoki besh marta baqirgandi − bu mana shun holatlardan biri edi”, − deb eslaydi Kuk.
Izoh (0)