2015-yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Favqulodda va muxtor elchisi Jorj Edgarni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Britaniya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi, shuningdek, ba’zi xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)