2-mart kuni o‘z hovlisida o‘ldirib ketilgan taniqli diktor Rahmatilla Mirzayevni xotirlab, uning qo‘shnisi, so‘z ustasi Botir Muhammadxo‘jayev o‘z fikrlarini bildirdi, deb xabar bermoqda “Darakchi” gazetasi.
“Marhum odamning ortidan bo‘hton gaplarni to‘qib chiqarish, turli mish-mishlarni o‘ylab topish na insoniylikka va na o‘zbekchilikka to‘g‘ri keladi. Rahmatilla aka bilan devor-darmiyon qo‘shni edik. Har kuni bir-birimizning holimizdan xabar olib, juda bo‘lmaganda devor ortidan bo‘lsa ham gaplashib qo‘yardik.
Jinoyat yuzasidagi ish bilan huquq-tartibot idoralari vakillari shug‘ullanyapti. Hammasiga aniqlik kiritiladi, aybdor, albatta qonun oldida javob beradi”, − dedi Botir Muhammadxo‘jayev.
Izoh (0)