Air Europa aviakompaniyasining Barselonadan Tel-Avivga uchgan reysining 10 nafar yo‘lovchisi parvoz vaqtida hushidan ketib qoldi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Qayd etilishicha, parvoz oldidan Boeing 737 samolyoti yo‘lovchilari salondagi kuchli gaz hididan noligan. Bort xodimlari hushini yo‘qotganlar soni yana ko‘payishidan qo‘rqib yo‘lovchilarni hojatxonaga qo‘ymagan.
Ma’lum qilinishicha, hodisaning sababi samolyot ventilyatsiya tizimidagi nosozlik bo‘lgan.
Izoh (0)