2015-yilning 10-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Belgiya Qirolligining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Aleks Van Meuvenni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.
Suhbat chog‘ida, yo‘lga qo‘yilgan siyosiy muloqot, davlat va jamoaviy tuzilmalar o‘rtasidagi aloqalar O‘zbekiston – Belgiya munosabatlariga jo‘shqin va intiluvchan tus berishi mamnuniyat bilan e’tirof etildi.
Shuningdek, ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi bevosita aloqalarni, xususan, o‘zaro tashriflar va biznes-forumlar o‘tkazish borasidagi hamkorlikni kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekanliklari qayd etildi.
E’tirof qilinganidek, madaniy-gumanitar, avvalo, ta’lim, sog‘liqni saqlash va san’at sohalaridagi munosabatlarni kengaytirish o‘zaro aloqalar rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuvda ayrim minataqaviy va xalqaro masalalar ham muhokama qilindi.
Izoh (0)