Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi shu yilning 23-31-mart kunlari Bangladeshda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga saralash musobaqasiga tayyorlanish maqsadida 7-mart kuni Olmaliqning “Olmaliq” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.

Foto: naesmi.uz

Foto: naesmi.uz

Baxtiyor Ashurmatov boshchilik qilayotgan Olimpiya terma jamoasi “Jar” sport majmuasining zaxira futbol maydonida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida kichik 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdagi yagona gol o‘yinning 35-daqiqasida “Olmaliq”ning moldovalik futbolchisi Adrian Kashkaval tomonidan kiritildi.

Nazorat uchrashuvi

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi - “Olmaliq” (Olmaliq) 0:1

Gol: A. Kashkaval (35)

Olimpiya terma jamoasi yig‘iniga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxati:

  1. Abror Karimov (“Lokomotiv”)
  2. Xurshid Muxtorov (“Qo‘qon-1912”)
  3. Javlon Mirabdullayev (“Metallurg”)
  4. Abdulloh Olimov (“Neftchi”)
  5. Muhsin Ubaydullayev (“Neftchi”)
  6. Nikita Pavlenko (“Olmaliq”)
  7. Sardor Sobirxo‘jayev (“Bunyodkor”)
  8. Javohir Rasulov (“Neftchi”)
  9. Shohnazar Norbekov (“Metallurg”)
  10. Islom Isoqjonov (“Olmaliq”)
  11. Temur Ayupov (“Bunyodkor”)
  12. Sergey Smorodin (“Neftchi”)
  13. Maksimilian Fomin (“Dinamo”)
  14. Xasan Asqarov (“Buxoro”)
  15. Jasur Hakimov (“Sug‘diyona”)
  16. Iskandar Shayqulov (“Paxtakor”)
  17. Quvondiq Ro‘ziyev (“Qo‘qon-1912”)
  18. Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi