Namangandan bo‘lgan fuqaro Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi buvisining uyiga mehmonga borib, uning qo‘shnisi bilan gap talashib qoldi, deb xabar beradi “Postda” gazetasi.
Qayd etilishicha, tortishuv janjalga aylanib, mehmon qo‘shnini ayovsiz kaltaklagan. Jabrlanuvchi tan jarohati olgani bois shifoxonaga yotqizilgan. Zo‘ravon esa ichki ishlar idoralariga olib kelingan.
Hozirda zo‘ravon mehmonga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)