“Rayo Valekano” darvozasini uch bor o‘qqa tutgan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi yangi rekord o‘rnatdi, deb xabar bermoqda “Arena.uz”.
Endilikda uning hisobida barcha musobaqalarda 32 ta xet-trik bor. Bu Ispaniya klublari sharafini himoya qilgan o‘yinchilar orasidagi eng yaxshi natijadir. Ikkinchi o‘rinni “Atletik” forvardi Telmo Sarra 31 xet-trik bilan, uchinchi o‘rinni esa Alfredo Di Stefano (28 xet-trik) band etgan.
Eslatib o‘tamiz, “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Qirollik klubi sharafini himoya qilayotgan vaqtidan beri 27 ta xet-trikka erishgan.
Izoh (0)